Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Urush tugaganidan keyin yarim milliondan ortiq odam G‘azoga qaytdi

Urush tugaganidan keyin yarim milliondan ortiq odam G‘azoga qaytdi

Kecha o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi bosqichi kuchga kirganidan beri 500 mingdan ortiq odam G‘azo shahriga qaytdi.

Bu haqda G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligi ma’lum qilgan.

"Kechadan beri yarim milliondan ortiq odam G‘azoga qaytdi", - dedi Xamas boshchiligidagi fuqarolik mudofaasi kuchlari vakili Mahmud Bassal.

Agentlik avvalroq 200 ming kishi G‘azoga qaytgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va XAMAS Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kelishuv 10 oktyabrda Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoridan qisman olib chiqilishi ortidan kuchga kirdi.

Kiritildi: 08:45 12.10.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!