Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronalduning ketishi Portugaliyaga qimmatga tushmoqda

Ronalduning ketishi Portugaliyaga qimmatga tushmoqda

Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy terma jamoasidan ketishi mamlakat futbol federasiyasi uchun jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Portugaliyalik futbol agenti Migel Alfonso "Evro-Futbol.Ru" nashriga bergan eksklyuziv intervyusida Ronalduning milliy jamoa uchun ahamiyati faqat maydondagi natijalar bilan cheklanmasligini ta’kidladi.

Mutaxassisning hisob-kitoblarga tayanib bildirishicha, afsonaviy hujumchi terma jamoa bilan xayrlashgan taqdirda, Portugaliya futbol federasiyasining 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar ko‘radigan moliyaviy yo‘qotishlari taxminan 85 million yevroga yetishi mumkin.

Alfonsoning aytishicha, federasiya joriy yilda yillik byudjetini 210 million yevrodan 240 million yevroga yetkazishni rejalashtirgan. Biroq Ronalduning ketishi bilan bog‘liq ehtimoliy daromadlar kamayishi ushbu rejalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Agent terma jamoadagi yetakchilik masalasiga ham to‘xtaldi. Uning fikricha, hozirda uch nafar futbolchi jamoaning asosiy yetakchisi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda, ammo ularning hech biri Ronalduning o‘rnini to‘liq egallay olmaydi.

Shu sababli Alfonso Portugaliya futbol federasiyasi Krishtianu bilan muzokaralar o‘tkazib, uni futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin ham milliy jamoa tuzilmasida saqlab qolish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerak, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 09:35 19.11.2026. O'qildi: 1886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik