Rossiya bayrog‘i ostidagi suyultirilgan tabiiy gaz tashiydigan Arctic Metagaz tankeri O‘rta yer dengizida yonib ketdi.
Bu haqda Reuters agentligi dengiz xavfsizligi manbalariga tayanib xabar berdi.
Malta qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, kema ekipaji Liviya qidiruv-qutqaruv zonasida qutqaruv qayig‘ida topilgan.
MarineTraffic kema kuzatuv platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniya sanksiyalariga uchragan tanker oxirgi marta dushanba kuni, Malta qirg‘oqlari yaqinida bo‘lganida o‘z pozisiyasini bildirgan.