Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda Damas yonib ketdi (FOTO)

A A A
O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda Damas yonib ketdi (FOTO)

19 mart kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent—Nurafshon avtomobil yo‘lining 22-kilometrida Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Soat 17:30 larda haydovchi B.A. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

«Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:50 20.03.2020. O'qildi: 3032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!