Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ta’kidlashicha, global miqyosda oldindan aytib bo‘lmaydigan bugungi sharoitda mamlakatlar Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan ishlashga tayyorlanmoqda. Bu fikrni u “Politico” nashriga bergan intervyusida bildirdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda yuqori martabali mulozim “kuchli, ishonchli sheriklar izlayotgan” Islandiya, Yangi Zelandiya, Malayziya, Filippin, Kanada, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari bilan gaplashgan. Uning bayonotlari AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy etgan tariflar bilan ham bog‘lanmoqda.
Fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, global tartib sovuq urush tugagandan beri har qachongidan ko‘ra chuqurroq o‘zgarishni boshdan kechirmoqda.