«Danagidan mag‘zi shirin» – deydi dono xalqimiz. Ammo oramizda mevada danak hosil bo‘lmasdan turib, o‘rik g‘o‘rasini (uni dovuchcha ham deyishadi) paqqos tushiradiganlar ham kam emas.
G‘o‘raning foydali xususiyatlari nafaqat uning ishtaha ochuvchi yoqimli ta’mida, balki bu pishmagan meva S vitaminiga boy va kam kislotalilikdan aziyat chekadiganlar uchun oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Ammo kislotaliligi yuqori bo‘lgan kishilarga g‘o‘ra yeyish tavsiya etilmaydi. Temir moddasiga boyligi tufayli gemoglobin miqdori past bo‘lgan kishilar uchun g‘o‘ra ayni muddao! Shuningdek, tarkibidagi salisil kislotasi bilan revmatizm ham davo bo‘la oladi. Qattiq bo‘lishga ulgurmagan danagi tarkibida saratonga qarshi tabiiy vosita bo‘lgan amigdalin mavjud. Qabziyatdan qiynalayotganlar uchun ham g‘o‘ra nihoyatda foydali.
Shu o‘rinda yana bir ajoyib ma’lumot, Gruziyada pishmagan yashil mevalar katta hurmatga sazovor ekan. Ular nafaqat o‘rik, balki olxo‘ri va olchaning pishmagan mevalarini ham salatlarga qo‘shib iste’mol qilishar ekan.