Xorijiy tillarni o‘rganish insonga ko‘plab imkoniyat yaratadi. Sayohatlar, yangi tanishuvlar, daromadli ish shular jumlasidandir. Ammo xorijiy tillarni puxta o‘rganish katta mashaqqat va mehnat talab qiladi.
Dunyo olimlari tomonidan o‘rganish uchun eng murakkab tillar reytingi ishlab chiqilgan. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.
Dunyoda o‘rganilish darajasi qiyinligi jihatidan 8-o‘rinda fransuz tili turadi.
Fransuz tili roman tillariga mansub. Dunyoning 29 ta mamlakatida o‘rganiladigan mazkur til uchun eng og‘riqli nuqta so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Unli harflar juda ko‘pligidan o‘rganuvchilar tez adashib qolishadi.
7-o‘rin: Norveg tili
Tilining og‘zaki shaklida aniq standart mavjud emas. Bu muloqot vaqtida ko‘plab qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Shevalar nihoyatda ko‘pligidan tilni o‘rganib shaharning bir joyidan boshqa joyiga borsangiz sizni tushunmasliklari ham tabiiy hol.
6-o‘rin: Nemis tili
Nemis tilida ham shevalar nihoyatda ko‘p. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun 44 tovushni o‘rganish kerak bo‘ladi.
5-o‘rin: Ivrit tili.
Ivrit tili dunyodagi eng qadimiy til hisoblanadi. Harflarning yozilishi ham, til grammatikasi ham o‘rganuvchilar uchun qiyinlik tug‘diradi. Harflarning bir-biriga juda o‘xshab ketishi hamda matnning o‘ngdan chapga qarab o‘qilishi bunga asosiy sababdir.
4-o‘rin: Island tili
Eng qadimiy hisoblangan ushbu tilning asos grammatikasi 10 asrdan buyon deyarli o‘zgarmagan. Leksikasi juda qiyin, tilni mustaqil ravishda o‘rganish imkonsiz, deb hisoblashadi.
3-o‘rin: Rus tili
Tilni o‘rganish istagidagi xorijliklar uchun urg‘u, sinonimlar katta qiyinchilik tug‘diradi.
2-o‘rin: Arab tili
Arab yozuvi dunyo bo‘ylab murakkab yozuvlardan biridir. Alifbodagi harflarning so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida kelib turlicha yozilishi uning murakkabligini yuzaga keltiradi.
1-o‘rin: Xitoy tili
Eng murakkab til sifatida Ginnes Rekordlariga kiritilgan.
85 000 dan ortiq iyeroglif, ularni to‘g‘ri yoza olish va talaffuz qila olish esa eng qiyin masaladir.