Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch tumanida shoqollar yurgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, ushbu holat Urganch tumani, Chandirqiyot qishlog‘i, “Baqaylar” mahallasi hududida kuzatilgan. Hozirda shoqollarni O‘zbekistonning “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq muhofaza qilish choralarini ko‘rish hamda inson xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida havaskor ovchilar guruhi shakllantirilib, hurkitish ishlari olib borilmoqda

Ma’lumot uchun, hurkitish ishlari — bu bo‘rilar odamlar yashaydigan hududlarga yaqinlashmasligi uchun olib boriladigan profilaktik choralar, ya’ni ularni qo‘rqitish va hududdan yiroqlashtirishga qaratilgan harakatlardir.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!