Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi

30 noyabrdan «Xorazm trolleybus boshqarmasi» korxonasi Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishida trolleybuslar harakatini tikladi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Harakat yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20 noyabrda to‘xtatilgandi.

Hozirda yo‘nalish bo‘ylab 8 ta trolleybus soat 6:45 dan 18:45 gacha harakatlanmoqda.

Kiritildi: 12:04 05.12.2023. O'qildi: 1264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!