Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlandi

Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat «Chorvanasl» markazining Urganch tumani yetakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xo‘jaligiga tegishli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo‘jaligi tashkil etib, ushbu yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming dollar talab qilib, shundan 60 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

T.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.A. fuqaro N. nomiga fermer xo‘jaligi tashkil qilish va yer maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga o‘z xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:33 25.10.2022. O'qildi: 3060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!