Ukraina dronlari Rossiya aerodromlariga hujum qilganidan so‘ng, Rossiya o‘zining eng qimmatli harbiy samolyotlarini Ukrainadan uzoqlashtirdi.
The Telegraph nashri xabar berishicha, ikkita Tu-160 strategik bombardimonchi samolyoti front chizig‘idan 6 ming km uzoqlikda joylashgan olis "Anadir" aviabazasiga ko‘chirildi.
Nashrning qayd etishicha, aerodrom Alyaskadan taxminan 660 km uzoqlikda, aholi yashamaydigan Chukotka yarim orolida joylashgan. U Sovuq urush davrida Rossiyani Qo‘shma Shtatlar tomonidan ehtimoliy hujumlardan himoya qilish uchun yaratilgan.
"Supersonik Tu-160 bombardimonchi samolyotlari yadroviy qurolni olib yurishi mumkin va Rossiya arsenalidagi eng qimmat hisoblanadi. Bir birlik narxi taxminan 500 million dollarni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, Amerika bombardimonchi flotining tayanchi bo‘lgan B-52 Stratofortress taxminan 94 million dollarga baholanadi", deb ta’kidlaydi mualliflar.
Xabar qilinishicha, Rossiyada jami 16 ta shunday samolyot bor. Biroq Ukraina ushbu Tu-160 samolyotlarining bir qismi "O‘rgimchak to‘ri" operasiyasi doirasida 1 iyundagi hujum paytida zarar ko‘rganini aytdi.