Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladims

O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladims

Hukumatning “O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (447-son, 17.07.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari shakllantirilib, “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.

“ERP-maktab” axborot tizimida o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.

Kiritildi: 17:52 18.07.2025. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!