Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi

O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi

Xalq ta’limmi vaziri Sherzod Shermatovning qayd etishicha, sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi . Metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Bitiruvchilarining OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari rag‘batlantiriladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarning o‘qituvchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi.

Vazirning ta’kidlashicha, 2024 yilga qadar yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshiriladi.

Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi. 

Kiritildi: 12:48 24.10.2020. O'qildi: 3970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!