Xabaringiz bor, bugungi kunda barcha hududlarda maktab o‘qituvchilarining COVID-19 infeksiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Xalq ta’limi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, test topshirish jarayonida afsuski natijalar musbat chiqayotgan holatlar ham bor.
"Quvonarli tomoni aksariyat o‘qituvchilarda kasallik alomatlarsiz yengil holda kechayotgani sababli, ularning ayrimlari o‘zlari ham virusni boshidan kechirayotganidan bexabar bo‘lgan", deyiladi xabarda.