OpenAI kompaniyasi o‘qituvchilar uchun maxsus yaratilgan ChatGPT for Teachersni taqdim etdi.
Ushbu vositalar to‘plami o‘qituvchilarga o‘quv materiallarini tayyorlash va o‘quvchilarning ma’lumotlari bilan «xavfsiz» ishlashda yordam berishi aytilmoqda.
ChatGPT for Teachersdan 2027 yil iyunigacha bepul foydalanish mumkin. Keyin pulli talqini ishga tushadimi-yo‘qmi, bu haqda hozircha ma’lumot berilmadi.
Yangi servis maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Universitetlar uchun alohida — ChatGPT Edu talqini ishlab chiqilgan.
Ammo ekspertlar shundoq ham o‘qituvchilar o‘quvchilarni an’anaviy ta’limga jalb etishda muammolarga yo‘liqayotganidan ogohlantirishmoqda. Ba’zi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sun’iy intellektga haddan ziyod suyanish «odamlarning tanqidiy-tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini pasaytirib, sun’iy ongga qaram qiladi».