Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A. A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10 200 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.O‘. boshqa bir fuqaro O‘.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:41 12.08.2022. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!