Bugun 15 noyabr, 2019 yil, juma

КИР

O‘qimagan milliarderlar

O‘qimagan milliarderlar

Ko‘pchilik boy bo‘lish sirlarini quyidagicha tasavvur qiladi: maktab - OTM - ish - oylik. Lekin bu har doim ham o‘zini oqlamagan. Tarixda bir qancha dalillar bor.

Quyida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, o‘qimagan yoki o‘qishini yarim yo‘lda tashlab ketgan, lekin dunyoning eng boy odamlari qatoriga kirgan milliarderlar TOP-10ligini (suratda) keltiramiz.

10. Ingvar Kamprad — IKEA mebel kompaniyasi asoschisi. U disleksiya sababli maktabda o‘qiy olmagan, shuning uchun universitetga urinib ham ko‘rmagan. 1948 yilda arzon mebel savdosi bilan ish boshlagan. 1950 yillarda ilk zavodini ochgan, 3 yil o‘tib, IKEA nomli birinchi do‘konini ishga tushirgan.

9. Richard Brenson — britaniyalik tadbirkor, Virgin Group korporasiyasi asoschisi. Bu korporasiya tarkibiga 400 dan ortiq turli sohadagi kompaniyalar kiradi. Brenson ham o‘qimagan.

8. Stiv Jobs — bu odamni butun dunyo biladi, Apple asoschisi. Uni hatto kollejdan haydab yuborishgan. Lekin, ko‘rib turganingizdek, qisqa umri davomida dunyoni o‘zgartirib yuborgan.

7. Roman Abramovich — "Chelsi" klubi xo‘jayini. 1983 yilda u sanoat institutiga kirgan, ammo o‘qishni tashlab ketgan. Oliy ma’lumoti bo‘lmasa ham, Abramovich 2000 yilda Chukotka gubernatori bo‘lgan.

6. Maykl Dell — Dell kompyuterlari asoschisi. U yoshligidan kompyuterlarga qiziqqan. O‘zi yasagan kompyuterlardan topgan pullarini deb Texas universitetidagi o‘qishini 1-kursdayoq tashlab ketgan. Va Dell Computer Corporation korporasiyasiga asos solgan.

5. Mark Sukerberg — hamma biladi, Facebook asoschisi. U dunyoga mashhur Garvard universitetiga kirgan, lekin tugatmasdan oldin tashlab ketgan. Chunki u o‘sha paytdayoq Facebook ortidan 4 mlrd. dollar topib qo‘ygandi.

4. Li Kashin — osiyolik biznesmen va investor. U pullarini juda ko‘p sohalarga tikkan. Ularning orasida Facebook, Siri, bitkoin to‘lovlar va boshqalar ham bor. Va albatta, oliy ma’lumotga ega emas.

3. Larri Elison — Oracle Corporation asoschisi. U o‘qishga 2 marta harakat qilib ko‘rgan, ammo eplolmagan. Keyin esa ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini yaratib, biznesini boshlagan. 10 yil o‘tar-o‘tmas, Forbes sahifasidan joy olgan.

2. Bill Geyts — Microsoft kompaniyasi asoschisi, hamma taniydi. U ham 1973 yilda mashhur Garvardga o‘qishga kirgan, ammo baxtiga uni haydab yuborishgan. Shu tariqa u o‘z biznesiga vaqt ajratgan va milliarderga aylangan. Ammo Garvard universiteti rahbariyati unga diplom berishga qaror qilgan, faqat 2007 yilda.

1. Genri Ford — Ford mashinalari asoschisi. Fermer oilasidan chiqqan qahramonimiz qishloqda mexanik bo‘lib ish boshlagan. 38 yoshida sherigi bilan Henry Ford kompaniyasini ochgan, ammo Ford u yerdan ketgan, kompaniya nomi esa Cadillac deb o‘zgargan. Nihoyat 40 yoshida Ford uni dunyoga tanitgan Ford Motor Company’ga asos solgan

Xulosa o‘rnida: bu odamlar ko‘p o‘qishni emas, nimani o‘qishni bilishgan. Shuning uchun ham tavakkalchilikdan qo‘rqmagan. Bu esa ularga katta muvaffaqiyat olib kelgan.

 

Kiritildi: 18:30 02.11.2019. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!