Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘pka kasalliklariga qarshi kuchli tabiiy vosita

O‘pka kasalliklariga qarshi kuchli tabiiy vosita

Ma’lumotlarga qaraganda, chekuvchilarda 30 yoshdan so‘ng o‘pkaning to‘laqonli ishlashida muammolar paydo bo‘la  boshlaydi. Bunga har bir inson salomatligining umumiy ahvoli va o‘ziga xosligi, turmush tarzi, kundalik ovqatlanishi ham ta’sir qiladi.

AQShdagi Merilend shtatining Baltimor shahrida joylashgan Jons Xopkins universitetida 2002 yilda 600 nafar ko‘ngillilarda ovqatlanish rasionining inson o‘pkasiga ta’siri o‘rganilgan edi. Unda o‘pkaning holati, ovqatlanish rasioni va insonning kun davomida qancha chekishi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot yaqinda yana qaytadan o‘tkazildi.

Tadqiqotlar natijasida olimlar pomidor va ko‘k olma iste’mol qilish chekuvchilarga, ifloslangan havo sharoitida yashovchilarning o‘pka shikastlanishiga, yallig‘lanishiga qarshi kurashda yaxshi samara berishini aniqlashdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bir kunda 2-3 ta pomidor va 1 ta ko‘k olma iste’mol qilgan kishi o‘pka kasalliklariga kamroq duchor  bo‘lar ekan. Chekuvchilarga esa  yanada samaraliroq ta’sir o‘tkazar  ekan.

Umuman turli xil mevalarni is’temol qilib turish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashadi olimlar.

Izoh o‘rnida: Ushbu universitet bilan hamkorlikda  turli davrlarda tadqiqotlar olib borgan 36 nafar olim Nobel mukofotiga muyassar bo‘lgan. Universitetning Xitoy va Italiyada ham o‘z filiallari mavjud.

Kiritildi: 23:01 06.10.2019. O'qildi: 2480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!