Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Unutmang! Bu ishingiz haromdir!

A A A
Unutmang! Bu ishingiz haromdir!

– Savdoda harom qilingan ishlardan yana biri bozorga keltirilayotgan savdo molining oldini to‘sib chiqib, arzonga olib, qimmatga sotishdir.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ النَّبِيَّ ﷺ نَهَى عَنْ تَلَقِّي السِّلَعِ حَتَّى يُهْبَطَ بِهَا الْأَسْوَاقُ. رَوَاهُ أَحْمَدُ.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam savdo mollarini bozorlarga tushmasidan oldin to‘sib chiqishdan qaytardilar». 

Ahmad rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi sharifda bozor qoidalaridan yana biri bayon etilmoqda. Bozor atrofida aylanib yurib, oson yo‘l bilan boylik orttirish maqsadida narx-navoning o‘sishiga sabab bo‘ladigan kishilarning ishi noto‘g‘ri ekani bayon qilinmoqda.

Ya’ni bu «Tashqaridan bozorga o‘z mahsulotlarini sotgani olib kelayotganlarning oldini to‘sib chiqib, bozordagi narxni bilmaslaridan oldin arzon-garov sotib olmanglar», deganlaridir.

Johiliyat davrida shunday qiladiganlar bor edi. Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu o‘zlari: «Biz ulov minganlarning oldini to‘sib chiqib, bozorga kelmaslaridan oldin taomlarini sotib olar edik», deganlar.

Sahroda, qishloqda yashaydigan kishilar odatda bozordagi narxdan yaxshi xabardor bo‘lishmaydi, savdo-sotiq ishlarida shahar aholisi kabi ustomon ham bo‘lishmaydi. Shuning uchun yo‘lini to‘sib chiqib, molini sotib olmoqchi bo‘lgan odamga arzonga sotib qo‘yishi mumkin. Natijada u ham, bozorga keladigan oddiy kishilar ham zarar ko‘radilar.

Ammo bozorga kelib, vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, mulohaza qilib sotgani yaxshi bo‘ladi. Agar bir kishi o‘z molini oldini to‘sib chiqqan chayqovchiga sotsa-yu, keyin bozorga kelib, narx-navoni ko‘rib, aynib qolsa, molini qaytarib olishga haqqi bor.

Kiritildi: 22:30 20.07.2019. O'qildi: 4475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!