Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Unga Kumush deb ism qo‘yganmiz». Xitoylik Li Ting kelin bo‘lgan o‘zbek xonadoniga tashrif (video)

«Unga Kumush deb ism qo‘yganmiz». Xitoylik Li Ting kelin bo‘lgan o‘zbek xonadoniga tashrif (video)

Yodingizda bo‘lsa, yaqindagina «Inson o‘z baxti uchun masofadan qo‘rqmasligi lozim». Xitoylik qiz Sirdaryoga kelin bo‘ldi» sarlavhali maqola e’lon qilingandi

Unda o‘zbek yigiti Murodjon Xitoy yurtidan o‘z baxtini topgani, turmush o‘rtog‘i bilan tanishishi tarixi, ota-onasini rozi qilishi va to‘y tafsilotlari haqida so‘z yuritilgan edi.

Maqola ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirganlar orasida to‘ydan keyin qaynona va kelin munosabatlariga qiziqish bildirganlari ham yetarlicha edi. Darhaqiqat, kelin boshqa millat vakili bo‘lib, til va madaniyat jihatdan farq qilishi – o‘zbek xonadonlarida ko‘p ham kuzatilavermaydigan holat.

"Ijodiy guruhimiz bilan Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Ulug‘obod mahallasida yashayotgan, Chin yurtidan kelin tushirgan bu oilaning mehmoni bo‘ldik, — deb yozadi "Kun" nashri. — Xonadonga kirib borishimiz bilan xitoylik kelin  Li Ting bizga o‘zbek milliy urf-odati – kelin salom soldi. So‘ng bizni ichkariga taklif qilishdi. Birpasda dasturxon yozishib, suhbatga tayyorlandik. Kelinimiz Li Ting – o‘zbekcha ismi Kumush – choy damlab, o‘tirganlarga birma-bir uzatdi.

Murodjonning otasi Negmat aka bilan suhbatlasharkanmiz, u dastlab to‘yga qarshi bo‘lgani, keyinchalik o‘g‘lining maqsadi jiddiy ekanligini bilgach rozi bo‘lganini gapirib berdi.

Xitoylik kelinning qaynonasi bilan ham suhbatimiz qizg‘in kechdi. Ona ham avvaliga qarshilik qilganini aytib, so‘ng nima sababdan rozilik berganini so‘zlab berdi.

Biz yosh kelin-kuyov – Murodjon va Li Ting bilan ham suhbatlashdik. Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 16:08 13.08.2019. O'qildi: 5310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!