Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘n ikki nafar xitoylik talaba SamDU bakalavriat bosqichida tahsil olishni boshladi

O‘n ikki nafar xitoylik talaba SamDU bakalavriat bosqichida tahsil olishni boshladi

Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutining iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishiga 12 nafar Xitoy yoshlari talabalikka qabul qilindi.

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Akmal Axatov va institut direktori, dosent Shohruh Jo‘raqulovlar Xitoylik talabalar bilan uchrashib, oliygoh haqida batafsil ma’lumot berdi.

SamDU axborot xizmati xabar berishicha, ular alohida guruhda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi. Bilasiz, o‘qishini muvaffaqiyatli tamomlagan talaba Samarqand davlat universiteti diplomiga ega bo‘ladi.

Samarqand davlat universitetiga almashinuv dasturi doirasida ma’lum muddatga bir qator chet ellik talabalar kelishadi, – deya ma’lumot berdi Akmal Axatov. – Ushbu talabalarni shartnoma asosida qabul qildik. Universitetda xorijlik yigit-qizlarning o‘qishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Chet tilini biladigan mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilganmiz.

Qayd etilishicha, talabalar xalqaro dastur asosida o‘qitiladi. SamDUga tashrif buyurgan xitoylik ota-onalar bilim yurtidagi muhit bilan tanishib, yaratilgan imkoniyatlardan mamnunligini bildirdi.

Samarqand davlat universiteti talabasi bo‘ldim. Bu yerdagi sharoitlar bilan tanishganimizda xitoy tili va madaniyati markazi hamda Konfusiy maydonining borligi e’tiborimni tortdi, – dedi xitoylik talaba Hou Ruifeng. – Biz o‘qiydigan binoda o‘zbek va xitoy madaniyatini aks ettiruvchi surat va ramziy belgilarni ko‘rib quvondim. Darslarimiz ingliz tilida olib boriladi. Eng asosiysi, o‘qishimiz va yashashimiz uchun qulayliklar mavjud.

Samarqandga ilk bor kelishim, shahar menga juda yoqdi. Samarqand davlat universitetiga farzandlarimizni kelib joylashtirdik, – fikr bildirdi talabalardan birining onasi YuYE Haiou. – Xorijiy talabalar turar joyidan yotoqxona ajratildi. Sharoitlari juda yaxshi. Bu yerda o‘ndan ziyod xorijlik talaba tahsil olishi meni xursand qildi. Jumladan, xitoylik talaba va tadqiqotchilar ham bor. O‘qituvchilar universitet faoliyati bilan tanishtirdi. Amin bo‘ldimki, talabalar chiroyli va zamonaviy binolarda o‘qishyapti.

Kiritildi: 20:36 28.09.2023. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!