Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Umradagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun repatriasiya reyslari tashkil etiladi

Umradagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun repatriasiya reyslari tashkil etiladi

Umraga ketgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish maqsadida repatriasiya reyslari tashkil etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston aviasiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turish vazifasi yuklatildi. Bu cheklov, shu jumladan, Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqlidir.

Aviakompaniya tomonidan 2026 yil 2 martdan boshlab, umra dasturi doirasida Uzbekistan Airways reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda—Toshkent yo‘nalishida repatriasiya reyslari tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 08:53. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!