Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Umra xizmatlarini lisenziyasiz reklama qilgan 7 ta turfirma jarimaga tortildi

Umra xizmatlarini lisenziyasiz reklama qilgan 7 ta turfirma jarimaga tortildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Umra xizmatlarini ruxsatsiz reklama qilish bilan bog‘liq yangi qoidabuzarlik holatlarini aniqladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nazorat qiluvchi organning Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Xorazm viloyatlari boshqarmalari tomonidan tegishli lisenziyasiz ziyorat tashkil etishni taklif etayotgan 7 ta turistik firma aniqlangan. Ular — Emir Voyage, Makan United Travel Group, Ezofayz, Murabbiy Travel, Zaytun Tourism, Smrt Systems Company, Nazir Travel N1.

Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ishlar qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qo‘llandi.

Shuningdek, qo‘mitaning Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 5 ta turoperator mansabdor shaxslari hamda Telegram kanallar adminlari yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortildi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, lisenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan 12 dan ortiq axborot resursini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi.

Fuqarolardan Umra ziyoratini tashkil etishda faqat lisenziyaga ega turoperatorlarga murojaat qilish so‘raldi. Agar noto‘g‘ri, ishonchsiz yoki shubhali reklama aniqlansa, qo‘mitaning 1159 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etildi.

Kiritildi: 16:01 05.04.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!