Bugun 21 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Umra xizmatlarini lisenziyasiz reklama qilgan 15ta turoperator jarimaga tortildi

Umra xizmatlarini lisenziyasiz reklama qilgan 15ta turoperator jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Umra xizmatlarini tegishli lisenziyani rasmiylashtirmasdan reklama qilgani uchun 15ta sayyohlik kompaniyasini jarimaga tortdi.

Qo‘mitaning Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi boshqarmalari 10ta kompaniya — “Al-Azhar Travel”, “Atlas Avia Tour”, “Diyor Tour”, “Hiro Travel”, “Maknoon Travel”, “Marmara Travel Namangan”, “Meroj Travel”, “Profi-Travel”, “Sultan Travel 2022” hamda “Ideal Travel” tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni aniqladi. Mazkur kompaniyalarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yana 5 nafar turoperator ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qoidabuzarliklar “Fargona Tour 2022”, “Safo Marva”, “Umra Ziyorati Agentligi”, “Ziyoratul Umra” va “Buvaydaliklar Hayoti” Telegram-kanalida aniqlangan.

Shu bilan birgalikda, 10dan ortiq lisenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 19:22 14.01.2025. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!