Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan uchrashuvda Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimiga kirishishi bilan tabrikladi.
Rossiya rahbari Moskva Ukraina mojarosi yuzasidan AQShning yangi ma’muriyati bilan muloqotga ochiq ekanini ta’kidladi.
"Vaziyatni hal qilishning o‘ziga kelsak, yana bir bor ta’kidlamoqchiman: uning maqsadi qisqa muddatli sulh bo‘lmasligi, mojaroni davom ettirish maqsadida kuchlarni qayta to‘plash va qayta qurollanish uchun qandaydir muhlat emas, balki uzoq muddatli bo‘lishi kerak. Bu mintaqada yashovchi barcha xalqlarning, barcha millatlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan tinchlik bo‘lishi kerak", degan Putin bu masala xususida.
Eslatib o‘tamiz, avval Tramp Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazish uchun yordamchilariga topshiriq bergani ma’lum bo‘lgandi. Telefon muloqotida Ukraina masalasida uchrashuv o‘tkazish masalasi muhokama qilinishi aytilgan.