Bugun 21 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil moliya vaziri: Men hukumatni ag‘daraman

Isroil moliya vaziri: Men hukumatni ag‘daraman

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich shunday bayonot berdi:

"Agar G‘azo sektoridagi janglarni to‘liq nazorat qilish va boshqarish imkonini beradigan tarzda qaytmasak, men hukumatni ag‘daraman."

Ushbu bayonot isroilning G‘azodagi urushni nazorat qila olmagani haqidagi savollarni yanada kuchaytiradi. isroil kuchli harbiy texnika va tajribaga ega bo‘la turib, nega HAMAS ustidan g‘alaba qozona olmadi?

G‘arb ekspertlarining fikricha, HAMASga strategik moslashuvchanligi, shahar ko‘chalari va yer osti tunnellari orqali tezkor harakat qilishi, xalq yordam bilan qo‘llab-quvvatlashi va hududni yaxshi bilishi katta ustunlik berdi.

Bundan tashqari, xalqaro bosimlar (ya’ni genosid) sababli isroilning keng ko‘lamli harbiy operasiyalari cheklangan.

Bezalel Smotrichning keskin bayonoti esa hukumat ichida bo‘linishlar va strategik qarorlar bo‘yicha yakdillik yo‘qligini ham ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 23:00 20.01.2025. O'qildi: 1578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!