AQSh prezidenti Donald Tramp inaugurasiya kunida agar Vladimir Putin Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha “kelishuv”ga rozi bo‘lmasa, Rossiya halokat va “katta muammolar”ga duch kelishidan ogohlantirdi.
“Zelenskiy kelishuvga erishmoqchi. Putin uni xohlaydimi, bilmayman. U shartnoma tuzishi kerak. Menimcha, u kelishuvdan voz kechib, Rossiyani yo‘q qiladi. O‘ylaymanki, Rossiyada katta muammolar bo‘ladi”, — dedi AQShning saylangan prezidenti Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mojaro uch yilga cho‘zilgani uchun Putin janglarning borishidan “hursand bo‘lishi” dargumon. Tramp bu muammoni hal qilish uchun Putin bilan “iloji boricha tezroq” uchrashishga intilayotganini ta’kidladi.
Tramp, shuningdek, saylovoldi kampaniyasi vaqtida prezidentlikka kirishganidan bir kun o‘tib urushni tugatish haqidagi va’dasini esladi.
"Yarim kun bo‘ldi. Menda hali yarim kun bor. Ko‘raylikchi. Biz buni o‘z vaqtida amalga oshirmoqchimiz”, dedi u va agar u ilgari prezident bo‘lganida, mojaro boshlanmagan bo‘lardi, dedi.
Bir kun avval, Tramp inaugurasiyasi kuni Rossiya prezidenti mojaroni hal qilish bo‘yicha “muloqotga ochiq” ekanini ta’kidlagan edi.
“Biz, albatta, Rossiya manfaatlari, rus xalqi manfaatlari uchun kurashamiz. Bu, aslida, maxsus harbiy operasiya o‘tkazishdan maqsad va ma’no”, — dedi u.
Financial Times'ning Kremlga yaqin manbalari Tramp bilan muzokaralarda Putin uchun asosiy masala Rossiya chegaralarida NATOning mavjudligi bo‘lishini da’vo qilmoqda. Nashrning yozishicha, Rossiya yetakchisi Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lmasligini kafolatlaydigan yangi kelishuvlarga erishishni kutmoqda, blokning o‘zi esa Rossiya chegaralari yaqinida harbiy ishtirokini kamaytiradi.