Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Umra" xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qaynday qo‘shimcha lisenziyalar talab qilinadi?

"Umra" xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qaynday qo‘shimcha lisenziyalar talab qilinadi?

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror asosida endilikda mamlakatimizda xususiy sektor tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda.

Unga ko‘ra, turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha lisenziya talablari va shartlari joriy etilmoqda:

100 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan mablag‘larni Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yadi;

“Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarini tayinlaydi;

“Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublika ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishini ta’minlaydi;

“Umra” xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga ko‘rsatish ta’qiqlanadi;

“Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.

2023 yil 1 oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi. Baholash tizimi Turizm qo‘mitasining maxsus saytida e’lon qilib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qarorda belgilangan qo‘shimcha lisenziya talab va shartlari 2023 yil 1 noyabrdan qo‘llaniladi.

Shu o‘rinda, muhim bir jihatga e’tibor qaratish lozim:

➖ Mazkur qaror asosida endilikda faqat “Umra lisenziyasiga ega” bo‘lgan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turistik tashkilot “Umra” tadbirlarini tashkil etadi.

Kiritildi: 15:49 24.10.2023. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!