Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Umra lisenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinadi

Umra lisenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinadi

2024 yil 2 iyulda qabul qilingan qonun bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha lisenziya beruvchi vakolatli organ sifatida belgilangan. Ushbu yo‘nalishdagi sayyohlik firmalari joriy yil 5 oktyabrdan (qonun rasman kuchga kiradigan sana) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan yangi lisenziya olishlari kerak bo‘ladi.

Yangi tartib kuchga kirishiga 2 kun qoldi, lekin vakolatli organ hozirgacha yangi lisenziya shartlarini e’lon qilmagan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati bosh mutaxassisi Yahyo Hayitaliyevning ma’lum qilishicha, qaror loyihasi allaqachon ishlab chiqilib, hukumatga kiritilgan.

Ish bizda qolmagan, hukumat qarori chiqishi kutilmoqda. Bir-ikki kunda chiqib qolsa kerak”, dedi qo‘mita mas’uli.

Hayitaliyev qaror loyihasida lisenziya olish uchun qanday talablar qo‘yilganini ochiqlamadi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Umra lisenziyasini olish shartlari qiyinlashishi, xususan majburiy ravishda qo‘yiladigan garov puli miqdori oshirilishi haqida gap-so‘zlar tarqagan edi.

Kiritildi: 23:36 03.10.2024. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!