Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi «don urushi»

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi «don urushi»

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyrug‘i bilan Qozog‘iston g‘allasining Rossiyaga eksporti to‘xtatildi, deb xabar qildi payshanba kuni davlat temir yo‘l kompaniyasi.

Shu hafta Rossiyaning Rosselxoznadzori Qozog‘istondan Rossiyaga bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, don, pomidor, qalampir va kungaboqar urug‘lari eksportini vaqtincha to‘xtatishni so‘radi. Murojaat sababi sifatida boshqarma zararkunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tez-tez aniqlanayotganini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan Rosselxoznadzor Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligidan ushbu tovarlarni Rossiyaga eksport qilish uchun fitosanitariya sertifikatlarini berishni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan.

Qozog‘iston Don ittifoqi vakili Yevgeniy Karabanov vaziyatni savdo urushiga yaqin deb baholadi. Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Rossiyada norasmiy ko‘rsatma mavjud bo‘lib, unga ko‘ra chegara xizmatlari va Rossiya temir yo‘llari rahbariyati Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiyaga kiritishni rad etmoqda hamda ularning tranzitiga to‘sqinlik qilmoqda.

Kiritildi: 16:48 03.10.2024. O'qildi: 2051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!