Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ukrainaliklar Shimoliy Koreya harbiylarini yo‘q qildi

Ukrainaliklar Shimoliy Koreya harbiylarini yo‘q qildi

Ukrainaning Donesk viloyatining bosib olingan qismida "tajriba almashish uchun" kelgan Shimoliy Koreya harbiylari joylashgan poligonga raketa zarba berilgani haqida Rossiya maxsus xizmatlariga yaqin "Kremlevskaya tabakerka" telegram-kanali xabar berdi.

"Mudofaa vazirligidagi manbalarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda hodisa Donetsk yaqinidagi poligonlardan birida yuz bergan. KXDR dan bir guruh zobitlar tajriba almashish maqsadida frontga tashrif buyurgan edi.

Do‘stona harbiylarning boshliqlarga jangchilarimizning hujum harakatlariga va mudofaaga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganligi, shuningdek, Amerika qurollariga qanday qarshi turishimiz ko‘rsatib berildi. Afsuski, poligonga raketa zarbasi berildi. Jami 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, ularning oltitasi bizning do‘stlarimiz - Shimoliy Koreya zobitlari edi," - deb aytdi suhbatdoshlardan biri.

Ma’lum qilinishicha, yana uch nafar KXDR zobiti yarador bo‘lgan va davolanish uchun Moskvaga jo‘natilgan.

Kiritildi: 18:15 03.10.2024. O'qildi: 15842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!