Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenkoning vertolyoti osmonda bo‘lganida «Shahedlar» Belarus tomon uchdi

A A A
Lukashenkoning vertolyoti osmonda bo‘lganida «Shahedlar» Belarus tomon uchdi

Payshanba kuni, 3 oktyabr tushdan keyin, Rossiyaning uchta "Shahed" droni Belarus hududiga kirib keldi. Bu paytda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning vertolyoti osmonda uchib yurgan edi, deya xabar bermoqda "Belaruskiy Gayun" monitoring kanali.

Ma’lum qilinishicha, dronlar taxminan soat 12:55 da Ukrainaning Chernigov viloyatidan mamlakat havo hududiga kirib kelgan: "Ularning ikkitasi Yangi Guta atrofidan o‘tib, Gomel tomon yo‘l olgan, yana biri esa Loyev hududiga kirib, Xoynikov yo‘nalishida harakat qilmoqda."

Loyihaga ko‘ra, bu vaqtda Lukashenkoning vertolyoti janubiy yo‘nalishda "Ozerniy" qarorgohidan, taxminan, Mikashevichi tomon uchayotgan bo‘lgan.

Kiritildi: 18:45 03.10.2024. O'qildi: 4312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!