Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Bundan to‘rt kun oldin, ya’ni 2024 yil 23 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 600-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi 15 nafar rahbarlardan iborat Ishchi guruhiga 2025 yil 1 martga qadar Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Bu qarordan keyin pensiya yoshi oshirilarmish degan mish-mishlar ham tarqaldi. Lekin qarasangiz, qarorning matnida bunday gap-so‘zlar yo‘q. Xo‘sh, o‘zi bu mish-mishlarda haqiqat bormi?

Ushbu holatni Saidali Muxtoraliyev atroflicha tushuntirib berdi.

Gap shundaki, 2024 yilning iyul oyida Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan mamlakatdagi pensiya tizimini jiddiy isloh qilish taklif etilgandi. Unda O‘zbekistondagi pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish va e’tibor bering, pensiya tayinlash shartlarini hamda pensiya yoshini umr davomiyligiga mos holda qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilingan edi.

Agentlik tahlillaridagi Pensiya jamg‘armasi daromadlariga nisbatan harajatlar keskin oshib borayotgani hamda borgan sari davlat byudjetidan ko‘proq moliyalashtirish yuz berayotgani kabi “tashvishli” ma’lumotlardan pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish deganda, uni oshirish nazarda tutilganini bilish mumkin.

Oshirish deganda, ayollar uchun hozirgi 55 yoshni masalan, 56 yoki 58 yoshga, erkaklar uchun hozirgi 60 yoshni misol uchun 63 yoki 65 yoshga o‘zgartirish kabilar bo‘lishi mumkin.

Demak, mish-mishlarda haqiqat bor.

Shaxsan men pensiya yoshi oshirilishiga qarshiman. Biroq, saylov yaqinligi uchun siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlarida bu masalaga qanday yondoshilganiga qiziqdim va Xalq demokratik partiyasining dasturida mana bu vazifa joy olganini ko‘rdim: ➖“pensiyani yoshini o‘zgartirmasdan saqlab qolish bo‘yicha siyosatni davom ettirish”.

Demak, XDP pensiya yoshining oshirilishiga qarshi va bu albatta yaxshi. Lekin ko‘ramiz, partiya bu pozisiyasini baralla ayta olarmikan va oxirigacha kurasha olarmikan?

Partiyalar yetakchilari saylovoldi debatlarda bu mavzuga ham albatta to‘xtalishlari kerak,- deyiladi Adliya vazirligi xabarda.

Kiritildi: 13:55 29.09.2024. O'qildi: 42612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!