Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Umid qilamanki, jannatda ish bo‘lmaydi": xitoylik ayol vafot etdi

"Umid qilamanki, jannatda ish bo‘lmaydi": xitoylik ayol vafot etdi

Xitoyda 23 yoshli elektron tijorat xodimi ortiqcha ish tufayli vafot etdi. U ishlagan kompaniya ayolning o‘limini tasdiqladi, ammo sabablarni aytmadi.

Pin Duo Duo chegirmali ilovasida ishlagan xitoylik ayol ishdan uyiga qaytayotganda tungi soat 01:30 da hushidan ketdi va vafot etdi. "Umid qilamanki, jannatda ortiqcha ish bo‘lmaydi", – deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi so‘nggi xabarida.

Uning so‘nggi smenasi qancha davom etganligi haqida ma’lumot yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya xodimlari haftada yetti kun soat 11.00 dan 23.00 gacha ofisda o‘tirishadi, rasmiy navbatchilik soat 20.00 da tugaydi.

Nashrning ta’kidlashicha, Xitoyda elektron tijorat sohasi "996 ish soati tizimi" deb nomlanadi. Bu shuni anglatadiki, boshliqlar xodimlardan ish joyida haftada olti kun, kuniga 12 soat bo‘lishni talab qilishadi.

Kiritildi: 10:57 05.01.2021. O'qildi: 4551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!