Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Umar Kremlyovga Latviyaga kirish taqiqlandi

Umar Kremlyovga Latviyaga kirish taqiqlandi

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, shuningdek xokkeychi Aleksandr Ovechkinga Latviya hududiga kirish taqiqlandi.

Bu haqda Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje ma’lum qildi.

U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi:

"Men quyidagi shaxslarni nomaqbul shaxslar (persona non grata) ro‘yxatiga kiritish va ularning Latviyaga kirishini noma’lum muddatga taqiqlash haqida qaror qabul qildim: Aleksandr Ovechkin va Umar Kremlyov. Bu qaror Immigrasiya to‘g‘risidagi qonunning 104-moddasi 3-qismi 1-bandi asosida qabul qilindi".

Kiritildi: 22:16 20.09.2026. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!