Dehlidan Hindistonning Srinagar shahriga uchayotgan IndiGo Airbus A321 yo‘lovchi samolyoti taxminan 11 kilometr balandlikda kuchli bo‘ronga duch keldi. Samolyot bortida 227 kishi bo‘lgan.
Hindiston ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yo‘lovchilar bu voqealarni “o‘limga yaqin tajriba” sifatida baholagan. Odamlar qichqirishdi, ibodat qilishdi va uchuvchilar favqulodda holat e’lon qilishga majbur bo‘lishdi.
Zarar ko‘rganiga qaramay, ekipaj samolyotni Srinagarga xavfsiz qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi - yakunda yo‘lovchilardan hech biri jabrlanmadi. Do‘l meteorologik jihozlar joylashgan samolyotning burnini deyarli butunlay vayron qildi. Zarar shunchalik katta bo‘lganki, samolyot ishdan chiqqan.
IndiGo aviakompaniyasi voqeani tasdiqladi. Hindiston fuqaro aviasiyasi boshqarmasi ob-havo sharoiti o‘z vaqtida hisobga olinganmi va barcha xavfsizlik protokollariga rioya qilinganmi yoki yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruv boshladi.