Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning Ternopol viloyatiga Rossiya tomonidan qilingan hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Ternopol viloyatiga Rossiya tomonidan qilingan hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Ternopol viloyatiga Rossiya tomonidan qilingan hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, kamida 64 odam jarohat oldi.

Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ma’lum qildi.

"Rossiya raketalari ikkita to‘qqiz qavatli uyga urildi. Uylardan birida yong‘in chiqdi, ikkinchi uyning uchinchi qavatdan to‘qqizinchi qavatgacha bo‘lgan qismi vayrona bo‘ldi", — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Shuningdek, Lvov va Ivano-Frankovsk viloyatlari ham kuchli hujumlarga duchor bo‘ldi. Ivano-Frankovsk viloyatida uch kishi jarohatlandi, ular orasida ikki bola ham bor. Lvov viloyatida umumiy maydoni 10 ming kvadrat metrdan oshadigan omborxonalar yonib ketdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya bir kechada Ukraina hududiga 470 ta zarba beruvchi dron va 48 ta turli xil raketalar bilan hujum uyushtirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev, Nikolayev, Cherkassiy, Chernigov, Dnepr, Donesk va Xarkov viloyatlari ham zarbalar ostida qolgan.

Kiritildi: 21:28 19.11.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!