Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov urush sharoitida prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov urush sharoitida prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi
Fyodorov hatto davom etayotgan urush sharoitida ham to‘laqonli demokratik jarayonni qayta tiklash imkonini beradigan “qonuniy, xavfsiz va real mexanizm”ni topish kerakligini aytdi. "Agar urush yana bir, ikki yoki uch yil davom etsa, Rossiya ukrainlarning o‘z hukumatini qachon saylashini hal qiladigan kuchga aylanib qolishi kerakmi? Menimcha, yo‘q. Demokratiya Rossiyaga asir bo‘lib qolmasligi kerak. Biz aynan erkin Yevropa davlati bo‘lib qolishni istaganimiz uchun kurashmoqdamiz", — dedi u. Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, saylov o‘tkazish murakkab kechadi, chunki harbiylar, xorijdagi millionlab ukrainaliklar va frontoldi hududlarida yashayotgan aholining ovoz berish huquqini ta’minlash zarur. Biroq bu murakkablik “imkonsiz” ekanini anglatmaydi. "Ukraina dunyo imkonsiz deb hisoblagan ishlarni allaqachon ko‘p marta bajargan. Biz bu vaziyatda ham yechim topishimiz mumkin, chunki demokratiya tinchlik davridagi hashamat emas, demokratiya bugun biz kurashayotgan narsaning bir qismidir", — dedi Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri. Fyodorov 2026 yil yanvaridan buyon Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Iyul oyida prezident Volodimir Zelenskiy uni ishdan bo‘shatdi. Bunga Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy bilan ziddiyat sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Fyodorovning iste’fosi tufayli ko‘chalarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay, Sirskiy ham o‘z lavozimidan bo‘shatildi.
Kiritildi: 13:02 19.08.2026. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!