Korrupsiya Ukrainaning NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun asosiy to‘siq bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga va unga xorijiy sarmoya jalb qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Bu haqda Pentagon bosh inspektori ofisining hisobotida aytiladi.
«Korrupsiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi intilishlarini amalga oshirishga urinishlarini murakkablashtirishda davom etmoqda. Sudyalar, siyosatchilar va amaldorlar korrupsiyada ayblangan, Mudofaa vazirligi esa ko‘plab korrupsiya mojarolarida asosiy ishtirokchi bo‘lgan,» - deyiladi hujjatda.