Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ukrainaliklarning 52 foizi Rossiya bilan muzokaralarda hududiy murosalarga borishga qarshi

Ukrainaliklarning 52 foizi Rossiya bilan muzokaralarda hududiy murosalarga borishga qarshi

Bunday natijalarni Kiyev xalqaro sosiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘rsatdi.

So‘rovnomada qatnashganlarning 38 foizi ma’lum darajadagi hududiy yo‘qotishlarga tayyorligini bildirgan. Respondentlarning 78 foizi Ukraina nazoratida bo‘lgan hududlarni Rossiyaga topshirishga qarshi chiqdi. Bunday qarorni 15 foiz ishtirokchi qo‘llab-quvvatlagan.

Ukrainaga tegishli hududlarni Rossiyaning bir qismi sifatida rasman tan olish g‘oyasini 68 foiz ishtirokchi rad etgan, 24 foizi esa buni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Rossiyaning bu hududlarda faqatgina de-fakto nazoratini tan olish variantini so‘rovnoma ishtirokchilarining 43 foizi qo‘llab-quvvatlagan, 48 foizi esa bunga qarshi chiqqan.

Shu bilan birga, mualliflarning ta’kidlashicha, Kiyev halqaro sosiologiya institutining boshqa so‘rovlari shuni ko‘rsatadiki, agar "tinchlik rejasi" xavfsizlik kafolatlari va Ukrainaning kelajagi uchun muhim bo‘lgan boshqa tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olsa, respondentlarning yarmidan ko‘pi urush tugashining bunday ssenariysini qabul qilishi mumkin, ammo bunga ishtiyoq yetarli emas.

Kiritildi: 11:15 11.06.2025. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!