Buyuk Britaniya hukumati ukrainalik qochqinlarni rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan uylarga joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda The Times gazetasi xabar bermoqda.
Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Dominik Raabning aytishicha, hukumat «kleptokratlar» o‘z boyligini qanday to‘plagani haqida xabar beruvchi jurnalistlarga bosimni to‘xtatishni nazarda tutadigan qonun qabul qiladi. Mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumati "qisqa fursatda" oligarxlarga o‘z boyliklarini himoya qilish uchun qimmat yuridik firmalarni yollashni taqiqlaydi.