Evropa Ittifoqi ichida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechib, Rossiya bilan energetik hamkorlikka qaytish zarurligi haqidagi fikrlar tobora tez-tez yangramoqda.
Bu haqda «Berliner Zeitung» nashri xabar bermoqda.
«Ittifoq ichida Rossiya bilan energetik aloqalarni, hech bo‘lmaganda, qisman qayta tiklashni ko‘rib chiqayotgan ovozlar tobora balandroq eshitilmoqda», — deb yozadi jurnalistlar.
Shu bilan birga, Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida kredit ajratishdagi qiyinchiliklar haqidagi bayonotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu qarzning bloklanishi faqatgina Vengriyaga bog‘liq emas.