Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasi Yevropada yana muhokama qilinmoqda

Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasi Yevropada yana muhokama qilinmoqda


AQSh prezidenti Donald Trampning saylanishi fonida bu muhokamalar nozik xarakterga ega, ularning aksariyati maxfiydir, deb yozadi Fransiyaning Le Monde gazetasi manbalarga tayanib. Muhokamalar Vashingtonning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi mumkinligi bilan bog‘liq, deya aniqlik kiritadi nashr.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fevral oyida Kiyevning ittifoqchilari bilan Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainaga G‘arb quruqlik qo‘shinlarini Rossiyani qaytarish vositasi sifatida yuborish imkoniyati haqida gapirdi. Bu taklif Germaniya boshchiligidagi qator Yevropa davlatlarining keskin qarshiligiga sabab bo‘ldi, deya eslaydi Le Monde.

Ammo bu stsenariy to‘liq ko‘milmagan. Nashrning yozishicha, bu, xususan, Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmerning 11 noyabr kuni Fransiyaga tashrifi chog‘ida yana muhokama qilingan. «Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, xususan, Yevropada ittifoqchilarning mustahkam yadrosini yaratish maqsadida Ukraina va Yevropa xavfsizligiga kengroq e’tibor qaratilmoqda», dedi Britaniya manbasi gazetaga.

Kiritildi: Bugun 03:32. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!