Bu haqda BBC rus xizmati va “Mediazona” birgalikda o‘tkazilgan surishtiruvlariga tayanib xabar bermoqda.
Jurnalistlar ko‘ngillilar guruhi bilan birgalikda Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarda qatnashish chog‘ida halok bo‘lgan Rossiya Qurolli kuchlarining 80 973 nafar askarining shaxsini aniqladilar. Ular buning uchun ochiq manbalardan foydalanganlar. Halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldin armiyaga aloqador bo‘lmagan.
BBC rus xizmati ko‘ngillilar orasida yo‘qotishlar soni tez o‘sib borayotganini qayd etdi.
"Hozirda ular jami yo‘qotishlarning 22 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, bir yil avval bu ko‘rsatkich 14 foizni tashkil etgan edi. Ko‘pchilik ko‘ngillilar frontga jo‘natilganidan keyin bir necha hafta ichida halok bo‘ladi", deya qo‘shimcha qildi nashr.