Vashington Ukrainaga qurol sotishni to‘xtatdi, dedi Oliy Rada mudofaa qo‘mitasi rahbari Roman Kostenko Strana.ua nashriga bergan intervyusida.
“ Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan qurollar – yetkazib berish to‘xtatilgan. Bu qurollarni topshirishi kerak bo‘lgan kompaniyalar hozirda kutishmoqda, chunki hech qanday qaror yo‘q ”, — dedi deputat.
Shuningdek, u hatto pulga qurol sotib olish ehtimoli haqida ham aniqlik yo‘qligini ta’kidladi.
Tramp maslahatchisi Mayk Vals muzlatish haqida izoh berishdan bosh tortdi, ammo AQShda qurol-yarog‘ zaxiralari kamayib borayotganini tan oldi. AQSh vise-prezidenti J.D.Vensning aytishicha, Rossiya armiyasi son jihatdan ustunlikka ega va Ukrainaga keyingi harbiy yordam vaziyatni o‘zgartirmaydi.
" Rossiya Ukraina ustidan ishchi kuchi va qurol-yarog‘i bo‘yicha katta ustunlikka ega va bu ustunlik G‘arbning keyingi harbiy yordam paketlaridan qat’iy nazar saqlanib qoladi ", deb yozgan u.
Yevropa ham qurol taqchilligi va harbiy sanoatida inqirozga yuz tutmoqda, dedi Vens. Uning qo‘shimcha qilishicha, na Bayden ma’muriyati davrida, na hozir G‘arbda urushda g‘alaba qozonish strategiyasi yo‘q.
Avvalroq Ukraina mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ivan Gavrilyuk Ukraina Qurolli kuchlari qurollarining 70 foizi g‘arbiy sheriklardan kelganini ma’lum qilgandi, ammo bu yordamni hisobga olsak ham, Kiyev o‘q-dorilar yetishmasligini boshdan kechirmoqda.