Bugun 23 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish uchun “hech qanday imkoniyatga” ega emas — Tramp

Ukraina Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish uchun “hech qanday imkoniyatga” ega emas — Tramp

AFP agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti bu haqda AQSh gubernatorlari bilan uchrashuvda gapirgan.

"Men Putin bilan juda yaxshi muzokaralar o‘tkazdim, ammo Ukraina bilan esa yo‘q. Ularda hech qanday imkoniyat bo‘lmasada, o‘zlarini qattiqqo‘l tutishmoqda, lekin biz bunday davom etishiga yo‘l qo‘ymaymiz", – deya ta’kidladi Tramp.

Shu kunning o‘zida u Fox Radio efirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni tanqid qilishda davom etdi. Tramp AQSh moliya vaziri Skott Bessentning Kiyevga tashrifini “behuda” deb atadi. Bessent Qo‘shma Shtatlar bilan xavfsizlik kafolatlarisiz Kiyev uchun noqulay bo‘lgan kelishuvga ko‘ndirishga uringan.

Tramp, shuningdek, Zelenskiyni muzokaralarda “ahamiyatsiz shaxs” deb atab, uning Rossiyaga taklif qiladigan hech narsasi yo‘qligini ta’kidladi. Konservativ radioboshlovchi unga qarshi fikr bildirib, agressor Putin ekanligini aytganda, Tramp: “Men buni eshitishdan charchadim”, — deya javob qaytardi.

Kiritildi: 09:44 22.02.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!