Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvaga tashrifi chog‘ida Putin bilan uzoq suhbat o‘tkazganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Sky News
"Bu ajoyib safar bo‘ldi. Men ko‘p vaqtimni prezident Putin bilan gaplashib, u bilan do‘stlik va munosabatlarni rivojlantirishga sarfladim. Bularning barchasi Mark Fogelning samolyotga chiqishiga sabab bo‘ldi", — deya uchrashuvga izoh berdi Uitkoff.
Eslatib o‘tamiz, Uitkoffning Moskvaga tashrifidan va amerikalik o‘qituvchi Fogel Rossiya qamoqhonasidan ozod etilganidan so‘ng Tramp va Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgan edi.