Bugun 23 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Putin istagandek ish tutdi

Tramp Putin istagandek ish tutdi

Donald Tramp o‘z prezidentlik muddatining atigi birinchi oyida 29 marta Putin istagandek ish tutdi, deb yozmoqda Politico.

▪️Ukrainadagi harbiy mojaroning boshlanganiga deyarli uch yil to‘lganidan so‘ng, Tramp Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tiklashga qaror qildi — 12 fevralda ular 90 daqiqalik suhbat o‘tkazdilar;

▪️Tramp Rossiyani G7 tarkibiga "qaytarishni xohlashini" bildirdi;

▪️AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Ukrainaning barcha hududlarini qaytarib olish istagini rad etib, ular "mavjud voqelikka to‘g‘ri kelmasligini" aytdi;

▪️Tramp Rossiya Ukraina yerlarining sezilarli qismini egallab olgani va endi tinchlik muzokaralarida ustunlikka ega ekanligini ta’kidladi;

▪️Putinning Ukrainada NATO missiyasi bo‘lmasligi kerakligi haqidagi talabi qondirildi. Pit Hegset Ukrainaga alyans qo‘shinlari yuborilgan taqdirda, ular NATO Nizomining 5-moddasiga kirmasligini aytdi;

▪️Ukrainaga AQSh qo‘shinlarini kiritish imkoniyatini rad etdi;

▪️Tramp Yevropani o‘z xavfsizligi haqida mustaqil qayg‘urishga chaqirib, AQSh ularni himoya qilishga majbur emasligini ta’kidladi;

▪️Saudiya Arabistonida Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga kelishib, Zelenskiy va YEI vakillarini bu jarayonga kiritmadi;

▪️Ukrainani Rossiya bosqinida aybdor deya ko‘rsatdi;

▪️Zelenskiyning legitimligini shubha ostiga oldi, uni "diktator" deb atadi va Ukrainada saylovlar o‘tkazishni talab qildi;

▪️Putinga ishonish mumkinligini hamda "u tinchlik istayotganini" ta’kidladi;

▪️Saylov kuzatuvchilari hamda ularning xavfsizligini ta’minlovchi kiber-agentliklarni moliyalashtirishdan bosh tortdi;

▪️Kelajakda AQSH-Rossiya "investision" bitimlari tuzilishi mumkinligini e’lon qildi;

▪️Tramp ma’muriyati demokratik dasturlarni moliyalashtirishni to‘xtatib, USAID qo‘llab-quvvatlashini qisqartirdi, bu Kremlning "rangli inqiloblar" haqidagi tezisiga mos keladi;

▪️Putinning transgenderlar huquqlari bo‘yicha qarashlariga o‘xshash pozisiyada bo‘lib, ijtimoiy adolat g‘oyasiga qarshi kurashmoqda;

▪️Evropani migrasiya masalasidagi muvaffaqiyatsizliklari uchun tanqid qildi;

▪️Germaniyaning o‘ta o‘nglarga qarshi kurashini keskin ravishda qoralab chiqdi;

▪️Germaniyadagi saylovlarda Rossiyaga moyil AfD partiyasini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi;

▪️Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha G7 bayonotidan "Rossiya agressor" iborasini chiqarib tashlashni talab qildi;

▪️Tramp AQSh konstitusiyasiga uchinchi muddat prezidentlik lavozimida qolish imkonini beruvchi o‘zgartish kiritilishiga qarshi emasligiga ishora qildi.

Kiritildi: 19:38 22.02.2025. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!