Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainaga hujum qilayotib, Rossiya samolyotlari o‘z hududiga 30 dan ortiq raketa va aviabombalarini "tushirib yubordi"

Ukrainaga hujum qilayotib, Rossiya samolyotlari o‘z hududiga 30 dan ortiq raketa va aviabombalarini "tushirib yubordi"

2025 yil boshidan buyon Rossiya harbiy aviasiyasi samolyotlaridan Rossiyaning chegaraoldi va bosib olingan Ukraina hududlariga 26 ta fugasli aviabomba (FAB), uchta raketa, shuningdek, ikkita universal turlararo rejalashtiruvchi o‘q-dori ("aqlli bombalar," UMPB) tushgan. Bu ma’lumotlarni Astra keltirgan.

10 martdan boshlab to‘qqizta aviabomba "rejadan tashqari tushgan." 12 mart kuni yana bir aviabomba Belgorod viloyatidagi Fedorenkov qishlog‘i yaqiniga tushgan, keyingi kuni xuddi shunday hodisa Kazachya Lisitsa qishlog‘i yaqinidagi dalada sodir bo‘lgan. O‘tgan dushanba, 17 mart kuni Rossiya samolyotlari Belgorod viloyatida bir kecha-kunduz ichida to‘rtta aviabombani "tushirib yuborgan." 23 yanvar kuni esa Rossiya samolyoti Belgorod viloyatidagi Bolshie Kulbaki qishlog‘i yaqiniga "aqlli bomba" tashlab yuborgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.

Kiritildi: 21:00 22.03.2025. O'qildi: 1358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!