2025 yil 31 iyul kuni tongda Ukrainaga ommaviy havo hujumi amalga oshirildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegramda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiya tomonidan 300dan ziyod dron va 8 ta raketa Ukraina hududiga uchirilgan.
"Asociy nishon — poytaxt Kiyev bo‘ldi. Dnepropetrovsk, Poltava, Sum, Nikolayev va Kiyev viloyatlari ham hujumdan jabrlandi", — dedi Zelenskiy.
Prezidentga ko‘ra, Kiyevda uy-joy infratuzilmalari jiddiy zarar ko‘rgan. Hozirda mahalliy hokimiyat va qutqaruvchilar halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Jabrlanganlar va ko‘rilgan zarar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilanmoqda.